Главная » 2015 » Октябрь » 16

Malika Atadjanovaning dressirovkali kadrlari


  • News
  • 16 Окт 2015(09:37)
  • 1100
  • 0
Qafasda qo‘lida kamerasi bor yosh qiz va yovvoyi yirtqichlar — bu fotoshop emas, balki Toshkentlik fotorassomning mualliflik loyihasi. Malika Atadjanova birinchi suratlarini qo‘lida kamerasi bor telefon paydo bo‘lgandan olishni boshlagan. O‘shanda yosh qiz fotosuratga olish uning xobbisi ekanligini tushunib yetgan. Malika suratga olishni, o‘zi va yaqinlari hayotidagi u yoki bu syujetni yodda saqlab qo‘lish va bu fotosuratga qarab o‘sha onlarni eslash maqsadida boshlagan.

Fotosuratga bo‘lgan intilish, Malikaga birinchi «oynali» kamera sovg‘a qilishganda o‘sa boshladi. Endi u olgan suratlar asosan quyosh o‘yini, aks, soya, yulduzli osmon kabi tabiat hodisalarini aks ettita boshladi. Keyinchalik kadrda ularni suratga olishayotganidan bexabar insonlar paydo bo‘la boshladi. «Bundan fotosuratlar ancha tirik va ko‘ngilga yaqin chiqar edi", — deb mulohaza qiladi suratkash. Hozir bu suratlarni qayta tomosha qilayotib, u o‘sha tuyg‘ularni qayta his etadi.

Malika fotosuratga olishni hech qachon o‘z kasbi sifatida qabul qilmas edi. To‘g‘rirog‘i bu katta quvonch keltiradigan xobbi edi. Atrofdagilar ham Malikaga suratlari ajoyib ekanligini tayinlashar edi. Bir kun kelib Malika aynan fotosurat bilan shug‘ullanishi kerakligini tushunib yetdi. Uning eng katta orzusi esa, o‘z suratlarida butun olamni to‘plashdir.

Insonlarning yuziga qarab, Malika ularga qanday mavzu yoki fikr to‘g‘ri kelishini his etadi. Jasur fe‘lli dugonasi bo‘ysunishni istamaydigan yirtqich bilan ajoyib mos tushdi. Shunday qilib g‘aroyib suratga olish fikri yuzaga keldi.

Yo‘lbars yordamida to‘laqonli fotoloyihani amalga oshirish Malikaning fikriga shunchaki kelgani yo‘q. Qizaloqligidanoq u aynan shu jonivor bilan yonma-yon yashashni orzu qilar edi. O‘shanda, bolalik orzusini amalga oshirish oson kechdi — qizaloqqa o‘yinchoq yo‘lbarsni sovg‘a qilishdi. Oradan 20 yil o‘tgandan so‘ng, suratkash o‘z orzusiga qaytdi. Aynan yo‘lbarsni suratga olishni u juda ham istardi.

Suratga olishidan ancha avval Malika sirkka yo‘lbarsni kuzatish uchun tez-tez kelib turadigan bo‘ldi. Lekin unda na qo‘rquv va na vahima bor edi. Malika faqatgina Zita laqabli yo‘lbarsning oldida turishi kerak bo‘ladigan o‘rtog‘idan havotirda edi. Tasvirga olish jarayoni yakunlariga ko‘ra, ikkala qahramon ham o‘zlarini ajoyib his etishgan va qaysidir ma‘noda uyg‘unlik ham hosil etganlar.

Fotosurat bilan shug‘ullanishni Malika o‘smirligidanoq orzu qilar edi. Dastlab kattalar unga fotokamerani ishonib topshirishdan bosh tortishar edi. 15 yoshida Malika fototexnika tanlashga astoydil kirishdi va «oynali» kameraning barcha hususiyatlarini obdon o‘rganib chiqdi. O‘shanda uni «megapiksellar» olami o‘ziga maftun etdi.

Malikaning fikricha suratkash qiziqish, ishonch, chidam va moslashuvchanlik kabi hususiyatlarga ega bo‘lishi lozim.

"Meni Richard Avedo va Yusuf Karsh kabi suratkashlar ruhlantiradi. Ularning har bir ishi o‘ziga xos. Richardning hayvonlar bilan bog‘liq asarlari bor. Ulardan biri — Nastasya Kinskini bo‘g‘ma ilon bilan tushgan rasmi. O‘z loyiham doirasida bo‘g‘ma ilonli seriyani ham amalga oshurmoqchiman. Karsh esa juda mashhur insonlarning - Albert Eynshteyn, Bernard Shou, Brando va MerlinMonrolar bor. Albatta, undan ko‘p narsani o‘rganish mumkin", — deydi Malika.

Richard Avedon aytgan ekan: «Agar men birkun fotosurat bilan bog‘liq ish bilan shug‘ullamaganimda, huddi hayotimda muhim bir narsani o‘tkazib yuborganday his qilaman. Bamisoli men uyqudan turishni yoddan chiqarib qo‘ygandek».
Malika aynan shu «qoida» ga amal qilib yashaydi. Albatta barchasini vaqt ko‘rsatadi.

Теги: Malika Atadjanovaning dressirovkali

Всего комментариев: 0
avatar