Главная » 2015 » Сентябрь » 24

Manzura qachon turmushga chiqishi borasidagi savollarga kesatiqli javob qaytardi


  • News
  • 24 Сен 2015(09:24)
  • 1000
  • 0
Xonanda Manzura ijtimoiy tarmoqlardan birida ikki oydan so‘ng turmushga chiqayotgani va non sindirilgani haqida yozdi. Bu gaplar bir zumda muxlislari orasida tarqalib, fan-klublari va ashaddiy muxlislari tabriklariga sabab bo‘lmoqda, deb xabar qiladi “Sayyod.com”.

“To‘ydan oldin nog‘ora chalishi bilan tanish saytlar kuyovni ham aniqlab qo‘ydi. So‘nggi paytlarda Manzurani oldida ko‘p ko‘rinadigan va uning do‘sti bo‘lgan yigit bilan suratlar ustiga yuraklaru tabriklar bilan fan-klub to‘yni boshlab yuborgan”, — deb yozadi “Sayyod.com”.

Manzura bu holatlar yuzasidan quyidagicha javob qaytargan: — Shunday jonimga tegdiki… ‘Og‘zing bunaqa, burning operatsiya qilingan, yaxshiyam plastik jarrohlik bor’, ‘qachon erga tegasiz, sizni hech kim erga olmaydi’ va hokazo yozishlari jonga tegdi. Hattoki, shunchaki kirib haqorat qiladiganlar ham bor. Ha, deb qutulib kulishdan boshqa ilojim qolmayapti.

Erga tegyapsizmi, deb ahmoqona savol berishadi. Erga tegmayapman hozircha. Bungayam ha, deb qutulyapman. Yana chin dildan tabriklar boshlanib ketsa deng (kuladi). Hammaga meni erga tegishim qiziq bo‘lmoqda. Endi erga tegyapsanmi, desa “Ha” deyman. Tegdingmi desa ham “Ha” deyman. ‘Qachon erga tegasiz?’ degan gapdan qutulaman”.
Всего комментариев: 0
avatar