Главная » 2015 » Ноябрь » 29

Marg‘ilonda o‘g‘lini 18 million so‘mga sotishga rozi bo‘lgan ayol onalik huquqidan mahrum etildi


  • News
  • 29 Ноя 2015(13:02)
  • 953
  • 0
Ma’lum bo‘lishicha, to‘rt yil avval oila qurib, so‘ng ajrashib ketgan ayolning turmushidan bir o‘g‘li bo‘lgan, u ota-onasining uyini tashlab kelib, Marg‘ilon shahrida ijarada yashay boshlagan.

Ayol Marg‘ilon shahridagi dugonalaridan biriga: “Birorta asrab oladigan odam bo‘lsa, o‘g‘limni bervorardim”, — deganida, dugonasi: “Kvartirasi bo‘sh boyvachchalar bor. Bolangizni uyga almashing yo bir uyni puliga soting”, — deya maslahat beradi.

Oradan ma’lum vaqt o‘tib, dugona bolasidan voz kechishga tayyor onani o‘zining tanishiga ro‘para qiladi, ona “xaridor” bilan savdolashib, 18 million so‘mga kelishadi.

“Xaridor” bu holat haqida huquq-tartibot organlariga ma’lum qiladi. Marg‘ilon shahridagi avtoshohbekatda ona bolasini “xaridor”ga topshirib, pulni olgan vaqtida xolislar guvohligida qo‘lga olinadi.

“Sud odam savdosi jinoyatiga qo‘l urgan, o‘z bolasini sotgan ayolga tegishli jazo tayinladi. U onalik huquqidan mahrum etildi”, — deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Теги: Marg‘ilonda o‘g‘lini 18 million so‘

Всего комментариев: 0
avatar