Главная » 2016 » Февраль » 23

Mars batonchigi tarkibida plastik aniqlangani uchun dunyoning 55 mamlakatidan shokolad mahsulotlarini qaytarib olmoqda


  • News
  • 23 Фев 2016(22:32)
  • 414
  • 1
Shokolad batonchiklari ishlab chiqaruvchi AQShning Mars korporatsiyasi Niderlandiyada tayyorlangan mahsulotlarini tarkibida plastik aniqlangani sababli dunyoning 55 mamlakatidan qaytarib olmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Biz xaridorlar tomonidan sifatsiz mahsulotlar iste’mol qilinishining oldini olish niyatidamiz”, — deya ma’lum qilingan korporatsiya bayonotida.

Yaroqlilik muddati 2016-yil 19-iyundan 2017-yil yanvarigacha bo‘lgan Mars, Snickers, Milky Way Minis va Milky Way Miniatures mahsulotlari, shuningdek, Celebrations konfetlarining ayrim to‘plamlari qaytarib olinishi bildirilgan.

Теги: Mars batonchigi tarkibida plastik a

Всего комментариев: 1
avatar
1 Marsel • 22:39, 23 Фев 2016
Manba ishonchlimi?
avatar