Главная » 2016 » Январь » 22

Mashhur insonlarning fotosuratlariga parodiya


  • News
  • 22 Янв 2016(23:50)
  • 2346
  • 0

Selesta Barber — Avstraliyalik komik, o‘z Instagramida mashhur teleyulduzlar, qo‘shiqchilar, aktyorlar va modellarni parodiya qilgan fotosuratlarni yuklaydi.

«Instagramning ba‘zi yulduzlari, bizning barchamizni ijtimoiy tarmoqqa yuklagan fotosuratlarni real deb hisoblaydigan go‘l va ahmoq insonlar deb o‘ylashadi, — debso‘zladi Barber o‘zining „Buzzfeed“ jurnaliga bergan intervyusida. — Men esa, bunday suratlarni oddiy inson olganda ular qanchalik ahmoqxona ko‘rinishini ko‘rsatish niyatidaman».

 
Mashhur insonlarning fotosuratlariga parodiya. Фото №1

Avstraliyalik komik Selests Barber ancha beshafqat va hech qanday komplekslarsiz ayol. U ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan yulduzlarning mashhur suratlari ustidan ochiqchasicha kulib chiqdi. 
Albatta, 2015 yilda Instagram tarmog‘idagi eng mashhur fotosuratni u e‘tibordiz qoldira olmadi. Kim Kardash‘yanning kichik singlisi, hozirda mashhur model Kendall Djennerning bu surati 3 milliondan ortiq layk yig‘a olgan. Parodiya esa atigi 11 ming ovoz ola oldi, ammo insonlarni ancha xusnud etdi.

Mashhur insonlarning fotosuratlariga parodiya. Фото №2

Selesta qo‘shiqchi Beyonsni o‘ziga xos tarzda tabrikladi. U o‘z Instagramida parodiyali suratni va quyidagi tilaklarni qoldirdi: «Tug‘ilgan kuning bilan Beyons. Poshna kiygan holda yoga bilan shug‘ullanishda qo‘lga kiritgan yutuqlaring bilan bizni quvontirishda davom et».

Mashhur insonlarning fotosuratlariga parodiya. Фото №3

Qo‘shiqchi Rianna ham soddalardan emas. U o‘z Instagramida oddiy bo‘lmagan surat bilan o‘rtoqlashdi va 539 mingta layk yig‘di. Bu surat Selestaning ham e‘tiboridan chetda qolmadi.

Mashhur insonlarning fotosuratlariga parodiya. Фото №4

Forbes nashri tomonidan 2015-yilning eng omasli qo‘shuqchisi deb topilgan Keti Perri, «The Broad Museum» hozirgi zamon san‘ati muzeyiga tashrif buyurdi va bahaybat mebellar oldida suratga tushdi. Perrining bu surati 632 ming insonga yoqdi. Shu vaqtning o‘zidayoq Selesta o‘ziga xos tarzda suratga tushib barcha bilan o‘rtoqlashdi.

Mashhur insonlarning fotosuratlariga parodiya. Фото №5

Epataj malikasi Ledi Gaga, uyatchang shaxs deb aytib bo‘lmaydi. U o‘z muxlislari bilan hatto shim kiymagan holda olingan suratlari bilan ham o‘rtoqlashadi. Ledi Gaganing surati 259 ming layk yig‘di, parodiya esa bor yo‘g‘i 7 ming laykka sazavvor bo‘ldi.

Mashhur insonlarning fotosuratlariga parodiya. Фото №6

Djey Lo bo‘lmasang taksini qanday qilib ushlaysan?

Mashhur insonlarning fotosuratlariga parodiya. Фото №7

Supermodel Sindi Krouford ijtimoiy tarmoqda yaltiroq jurnalning ustiga chiqarsa bo‘ladigan suratni yukladi. Unda model Gollivud adirlari oldida otilayotgan shampan vinosini qo‘liga olgan holda tasvirlangan. Selesta bu xabarni ham e‘tiborsiz qoldirmadi va o‘z javobini tayyorladi.

Mashhur insonlarning fotosuratlariga parodiya. Фото №8

Beyonsning Instagramda 1,3 million layk to‘plagan surati, ko‘pchilikka ma‘lum komikni befarq qoldirmadi.

Mashhur insonlarning fotosuratlariga parodiya. Фото №9

Kanye Uestning xotini ochiq fotosessiyalarda suratga tushishni xush ko‘radi. Kim Kardashyanning profilini 57,4 million foydalanuvchi kuzatishi bejiz emas. W Magazine jurnali muqovasi uchun tushirilgan surat 858 layk to‘pladi. Parodiya uchun ajoyib mavzu.

Mashhur insonlarning fotosuratlariga parodiya. Фото №10

Sen mashhur inson bo‘lsang farzandlaring bilan bog‘da o‘tayotgan oddiy sayr ham fotosessiyaga aylanishi mumkin. Diana Kryugerning bog‘da sayr qilib yurganidagi ajoyib badani, u oddiy ayol bo‘lganda qanday ko‘rinishi.

Mashhur insonlarning fotosuratlariga parodiya. Фото №11

Paparatstsilarning sevimli modellari — Olsen egizaklari, ba‘zida shu darajada kulguli ko‘rinishadaki, ular ko‘pincha bemaza keyingan mashhurlar ro‘yxatidan joy olishadi.

Mashhur insonlarning fotosuratlariga parodiya. Фото №12

Braziliyalik go‘zsl Jizel Byundxen ham Selestaning e‘tiboridan chetda qolmadi.

Mashhur insonlarning fotosuratlariga parodiya. Фото №13

Viktoriya Bekxem o‘z farzandlarining liboslarini tartibga solar ekan, ularning asosiy qismini homiylik tashkilotlariga berishga qaror qildi. Bu jarayon bilan ijtimoiy tarmoqda o‘rtoqlashishni unutmadi albatta. Avstraliyalik yumor ustasining javobi uzoq kuttirmadi.

Mashhur insonlarning fotosuratlariga parodiya. Фото №14

Kortni Kardashyanning Instagramdagi profilini 32 million obunachi kuzatadi. Solishtirish uchun, O‘zbekiston aholisi 31,5 million kishi. Libosni kiyib ko‘rsatgan surat 567 ming layk yig‘di.

Mashhur insonlarning fotosuratlariga parodiya. Фото №15

Mashhur insonlarning razmeri yo‘q sharflar va ro‘mollar kiyish trendi, Selestani befarq qoldirmadi.

loading...
Всего комментариев: 0
avatar