Главная » 2015 » Декабрь » 16

Mashhur opera qo‘shiqchisi Monserrat Kabalye Ispaniyada firibgarlikda ayblanib, olti oylik qamoq jazosiga hukm qilindi


  • News
  • 16 Дек 2015(21:34)
  • 321
  • 0
Ispaniyaning Barselona shahri sudi mashhur opera qo‘shiqchisi Monserrat Kabalyeni firibgarlikda ayblab, olti oylik qamoq jazosiga hukm qildi. 82 yoshli xonanda jazoni shartli ravishda o‘tashi taxmin qilinmoqda.

Kabalye sud majlisida salomatligi tufayli ishtirok etolmadi, ko‘rsatmalarni esa videoaloqa orqali berdi. Qamoq jazosidan tashqari qo‘shiqchi 254 231 yevro miqdorida jarima, 72 ming yevro muddati o‘tib ketgan to‘lovlar uchun foiz to‘laydi, shuningdek, 1,5 yil davomida davlat yordamini ololmaydi.

Kabalye 2010-yilda jismoniy shaxs sifatida Ispaniya g‘aznasiga soliq to‘lamaganlikda ayblanmoqda. U rasman Andorra fuqarosi hisoblangan va bu holat Ispaniyada soliq to‘lamasligi uchun imkon bergan. Biroq prokuratura xonanda go‘yoki Andorrada yashayotganini soliq to‘lamaslik uchun o‘ylab topgani, aslida doimiy ravishda Barselonada istiqomat qilganini aniqladi.

Natijada Kabalye o‘zini aybdor sifatida tan olish, 250 ming yevro jarima to‘lash, shuningdek, olti oylik qamoq jazosiga hukm etilishiga rozi bo‘ldi. Bundan tashqari, qo‘shiqchi Ispaniya g‘aznasiga 508 ming yevroni qaytardi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar