Главная » 2015 » Май » 26

Mbank – onlayn to’lov tizimi


  • Akhmad
  • 26 Май 2015(15:54)
  • 1389
  • 0

Mana bir yildan oshiqroq vaqt davomida uy telefoniga, mobil aloqaga,internetga va kommunal hizmatlariga internet orqali to‘lovalar o‘tkazib kelmoqdaman. To‘lovlar uchun uzoq navbatda turgan insonlarga hayron qolaman, chunki ko‘chaga chiqmasdan turib internet orqali ko‘p to‘lovlarni to’lash imkoni bor.

    Onlayn to‘lovlar bankomat yoki infokioskalar orqali to‘lashdan ham juda oson, juda tez va ishonchli ham. 
Yaqinda men Mbank (http://mbank.uz) – onlayn to‘lov tizimidan foydalanishni boshladim, tizim foydalanuvchiga juda ham qulay va oson qilingani ham taxsinga loyiq. Mbank orqali har xil to‘lovlarni uzcard onlayn kartalaridan to‘gridan-to‘gri amalga oshirsa bo’ladi. To‘lovlar uchun to‘lov ma’lumotnomasini emailiningizga yuborish imkoniyati ham bor, bu - kommunal to‘lovlar uchun juda qulay. Mbankda to‘lovlarga hech qanday haq olinmaydi, yani komissiya 0%.

    Mbank tizimini kompyuter orqali internet brouzer orqali foydalansa bo‘ladi, mobil telefonlar uchun esa Andorid, iOS yoki Java dasturlari mavjud. Ro‘yxatdan o‘tish telefon raqami orqali amalga oshiriladi, telefoningizga 6 honalik raqamlar keladi va shu raqamlarni terib ro‘yatdan o‘tasiz.
Mbank mobil dasturining ko‘rinishi mana bunday:
   

    Mbankning kompyuter orqali to‘lovlar uchun https://oplata.uz web-dasturidan foydalansangiz bo‘ladi. Kompyuter orqali to‘lovning eng qulay tomoni shundaki, ro‘yxatdan o‘tish shart emas. To‘lovlarni tasdiqlash uchun  telefoningizga kelgan 6 honalik raqamni kiritsangiz kifoya, har bir to‘lov uchun unikal 6 honalik kod kelishi havfsizlikni ta’minlaydi.
 

    To‘lovlarni amalga oshirish uchun Mobil dasturni telefonga yuklash kerak, buning uchun Play Storega kirib “mbank uzcard” so‘zini qidirish kerak. Qidiruvda chiqqan birinchi dasturni telefoningizga yuklab oling. 
 
    Ana endi Mbank – mobil dasturidan ro‘yxatdan o‘tish kerak. Bu ham juda oson, buning uchun sizga karta haqida ma’lumot va kartangiz bog‘langan telefon raqami kerak bo‘ladi (sms-habarnomani aktivlashtirish). Hamma ma’lumotlar kiritilgandan keyin, telefon raqamingizga kelgan 6 honalik kodni terasiz, keyingi oynada ismingizni va 8 honalik pin-kodni tersangiz bo‘ldi. Muhimi 8 honalik pin-kodni eslab qoling, shu pin-kodlar yordamida mobil dasturga kiriladi.
     
    Qolgani esa juda oson, pin-kodni terib Mbank mobil dasturga kirasiz. Kerakli xizmatni tanlaysiz (xizmatlar soni esa ancha-muncha, kommunal xizmatlardan toritb to hosting uchun, telefon kompaniyalardan to internet provayderlargacha), raqam va summani kiritib to‘lovlarni amalga oshiraverasiz.

Всего комментариев: 0
avatar