Главная » 2015 » Июль » 10

McDonald’s minyon qo‘g‘irchoqlari haqoratli so‘zlarni aytishda ayblandi


  • News
  • 10 Июл 2015(12:16)
  • 425
  • 0
McDonald’s tarmog‘ining bolalar uchun mo‘ljallangan Happy Meal taomlar to‘plamidan joy olgan taniqli multqahramonlar — minyonlar ko‘rinishdagi qo‘g‘irchoqlar haqoratli so‘zlarni aytishda ayblanmoqda.

Minyon qimirlatilganda undan chiqadigan uchta so‘z ingliz tilidagi haqoratli iboraga o‘xshab ketadi. Buni o‘z bolalari va nabiralari uchun o‘yinchoq sotib olgan ba’zi ota-onalar va bobo-buvilar payqab qolgan.

McDonald’s ushbu ayblovlarni rad etib, minyonlar taxminiy ma’nosiz so‘z va iboralar qo‘shilishidan tarkib topgan o‘z tillarida “gapirishini” ma’lum qilgan. Ularning istalgan haqiqiy so‘zlarga o‘xshab ketishi esa shunchaki tasodif sifatida ko‘rsatilgan.

Manba: Daryo.uz

Теги: McDonald’s minyon qo‘g‘irchoqlari h

Всего комментариев: 0
avatar