Главная » 2015 » Февраль » 2

McDonald’s o'z mahsulotlari haqini quchoqlashish va selfi bilan to'lashni taklif qiladi


  • Admin
  • 02 Фев 2015(14:59)
  • 569
  • 0

Tezkor ovqatlanish muassasalari tarmog'i hisoblangan McDonald’s fevral oyida "Pay with Lovin’” ("Muhabbat yordamida to'lang”) nomli reklama kampaniyasini boshlaydi. The Daily Dot xabariga ko'ra, ushbu kampaniya doirasida xaridorlar unchalik murakkab bo'lmagan harakatlarni amalga oshirish evaziga mahsulotlarni bepul olishlari mumkin bo'ladi. Qayd etishlaricha, sotuvchilar istalgan bir xaridorga to'lov o'rniga o'z yaqinlarini quchoqlashni, o'z onasiga qo'ng'iroq qilishni, raqsga tushib berishni yoki selfiga tushishni so'rashlari mumkin. 2 fevraldan boshlanadigan aktsiya 14 fevralga qadar davom etadi, biroq bu har bir xaridorda taomni bepul olib ketish imkoniyati bor, degani emas. Bunday imkoniyatdan kunning McDonald’sning o'zi tomonidan belgilangan ma'lum bir vaqtlarida foydalanish mumkin bo'ladi, xolos.

loading...
Всего комментариев: 0
avatar