Главная » 2015 » Декабрь » 26

Meksikada dunyodagi eng og‘ir odam vafot etdi


  • News
  • 26 Дек 2015(15:05)
  • 690
  • 0
Dunyodagi eng og‘ir odam hisoblangan Andres Moreno 25-dekabr, juma kuni Meksikaning Syudad-Obregon shahrida 38 yoshida vafot etdi.

Morenos qarindoshlarining ma’lum qilishicha, uning o‘limiga yurak xuruji va qorin pardasining yallig‘lanishining asorati sabab bo‘ldi. Andres Moreno uni shaxsiy klinikaga olib borayotgan tez yordam mashinasida vafot etdi.

Joriy yilning oktabr oyida vazni 440 kilogramm atrofida bo‘lgan Moreno operatsiya qildirishga qaror qilgan edi. Jarrohlik amaliyoti Xalisko shtatining markazi Gvadalaxara shahridagi “Arboledas” shifoxonasida o‘tkazildi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tib, bemorning ahvoli hech qanday xavfni yuzaga keltirmadi.

Shunga qaramasdan, noyabr oyi o‘rtasida Moreno Syudad-Obregon shahridagi shifoxonalardan birida shoshilinch operatsiyani boshdan kechirdi. Dekabr oyida unga uyga ruxsat berilgan edi.

Ortiqcha vazn muammosi Morenoni tug‘ilgandan boshlab qiynab kelgan. Dunyoga kelgan paytda uning vazni olti kilogramm, o‘n yoshida esa 120 kilogramm, 20 yoshligida 170 kilogrammni tashkil etgan. U shifokorlar tomonidan tavsiya etilgan turli parhezlarga amal qilganiga qaramasdan, ulardan hech birining unga foydasi tegmagan.
Всего комментариев: 0
avatar