Главная » 2015 » Ноябрь » 25

Messi 2015-yildagi gollar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi


  • News
  • 25 Ноя 2015(14:10)
  • 565
  • 0
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi YeChLning “Roma”ga qarshi o‘yinidan so‘ng o‘z ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilab oldi.

Mazkur o‘yinda raqib darvozasiga ikkita to‘p kiritgan Messi 2015-yildagi gollari soni bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi. Uning hisobidagi gollar soni 47 taga yetdi.

Undan keyingi o‘rinda “Bavariya”ning 46 ta gol urgan hujumchisi Robert Levandovski bormoqda. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni esa “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu (45) va “Barselona”ning yana bir hujumchisi Neymar (43)lar egallab turibdi.
Всего комментариев: 0
avatar