Главная » 2016 » Август » 17

Mirobod tumanida 2016-yilning birinchi yarmida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 670 mlrd so‘mni tashkil etdi


  • Pro_eXclusive
  • 17 Авг 2016(16:47)
  • 243
  • 0
2016-yilning 6 oyida davomida tumanda sanoat mahsulotlari bo‘yicha 669,9 milliard so‘mni (o‘sish sur’ati 117,5 foiz), xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 244,5 milliard so‘mni (o‘sish sur’ati 118,3 foiz) tashkil etgan. Mahalliylashtirish dasturi yuzasidan dasturga kiritilgan 3 ta korxonaning 3 ta loyihasi bo‘yicha 2016-yilning yanvar—iyun oylarida 72,7 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Tumanda 6 oylik yakunlari bo‘yicha 4688 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, kutilgan taxmin 100,1 foiz ga bajarildi. 2016-yilda ijtimoiy soha obyektlarini kuz—qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan mahalliy budjet hisobidan 1,3 milliard so‘m miqdorida pul mablag‘lari ajratilib, ushbu mablag‘larning 439,1 million so‘mi ijtimoiy soha obyektlarining tom qismini ta’mirlash maqsadida, 133,8 million so‘mi issiq va sovuq suv tizimi quvurlarini almashtirish hamda 727,1 million so‘mi boshqa turdagi ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida ajratildi. Yil boshida tumanda kuz—qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari bo‘yicha tasdiqlangan dasturda 19 ta yo‘nalish tanlab olinib, bu ishlarni bajarish uchun tumandagi mavjud 16 ta tijorat banklari tomonidan bugungi kunga qadar 5,236 milliard so‘m miqdoridagi kredit mablag‘lari ajratildi. Tumandagi ko‘p qavatli uylarning yo‘laklariga 773 ta (amalda 139 ta) video kuzatuv moslamalarini o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar