Главная » 2015 » Июль » 29

Mishel Platini FIFA prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylovda ishtirok etishini ma’lum qildi


  • Admin
  • 29 Июл 2015(19:10)
  • 450
  • 0

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) rahbari Mishel Platini Xalqaro futbol federatsiyalari (FIFA) prezidentligi lavozimi uchun o‘z nomzodini qo‘yishini e’lon qildi, deb xabar beradi “TASS”.

 

UEFA prezidenti 209 ta milliy assotsiatsiyaning bosh kotibiga jo‘natgan maktubida chuqur mulohaza qilib, bir qarorga kelganini yozgan.

Bir hafta oldin FIFA ijroqo‘mi tashkilot prezidentligi uchun saylov 2016-yil 26-fevralda o‘tkazilishini e’lon qilgandi. Saylovgacha tashkilotni 1998-yildan beri boshqarib kelayotgan Yozef Blatter vaqtincha FIFA rahbari vazifasini bajarib turadi.

FIFA prezidentligiga nomzodlar o‘z arizalarini joriy yilning 26-oktabriga qadar topshirishlari kerak. Argentina termasining sobiq futbolchisi Diyego Maradona, fransiyalik sobiq futbolchi David Jinola, Iordaniya shahzodasi Ali bin Al Husayn, Liberiya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Musa Biliti hamda braziliyalik Ziko saylovda ishtirok etish istagini bildirgan.

 

 

 

Теги: Mishel Platini FIFA prezidentligi u

Всего комментариев: 0
avatar