Главная » 2015 » Октябрь » 15

Mobil aloqa xizmatlarining qoniqarsiz holati yuzasidan mobil aloqa operatorlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi


  • News
  • 15 Окт 2015(10:03)
  • 440
  • 0
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi (Inspektsiya) “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK bilan hamkorlikda o‘tkazilgan radiomonitoring hamda operatorlar tomonidan taqdim etiladigan tarmoq sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi oylik hisobotlarni va tayanch stansiyalarning to‘xtalishlari bo‘yicha ma’lumotlar, shuningdek, kelib tushgan murojaatlar tahlili natijalariga ko‘ra bir qator kamchiliklar aniqlandi hamda ularni bartaraf etish borasida tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mobil aloqa xizmatlari sifat ko‘rsatkichlarining belgilangan me’yorlarga muvofiq emasligi, abonentlarga mobil aloqa xizmatlaridan tunu-kun foydalanish imkoniyati yaratilmaganligi, aholi kam istiqomat qiladigan hududlarni mobil aloqa bilan to‘liq qamrab olinmaganligi, bu esa, o‘z navbatida, ushbu hududlarda istiqomat qiladigan aholi tomonidan bo‘ladigan murojaatlarning sonini ko‘payishiga olib kelayotganligi aniqlangan.

“Inspektsiya, yuqoridagi qamchiliklarga yo‘l qo‘ygan “COSCOM” MChJ XK (Ucell savdo belgisi), “Unitel” MChJ (Beeline savdo belgisi), “RWC” MChJ XK (Perfectum savdo belgisi) va “O‘zbektelekom” AK (Uzmobile savdo belgisi) mobil aloqa operatorlariga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiq mobil aloqa xizmatini ko‘rsatilishini ta’minlashlari yuzasidan ko‘rsatmalar taqdim etdi”, deyiladi xabarda.

Теги: Mobil aloqa xizmatlarining qoniqars

Всего комментариев: 0
avatar