Главная » 2015 » Июль » 31

Mobil operatorlar 1-avgust kuni SMS, MMS va internet xizmatlarini vaqtincha o‘chiradi


  • News
  • 31 Июл 2015(14:19)
  • 868
  • 0
O‘zbekiston mobil operatorlari 1-avgust kuni soat 8:30 dan 13:30 gacha SMS, MMS va GPRS xizmatlarini vaqtincha o‘chiradi. Hozircha bu haqda Beeline kompaniyasi ma’lum qildi.

Har yili shu kunning ayni shu vaqtlarida yuqoridagi xizmatlarda qayd etiladigan uzilishlar profilaktika ishlari o‘tkazilishi bilan izohlanadi. Telefon orqali so‘zlashish xizmati esa to‘xtovsiz ishlaydi.

1-avgust kuni O‘zbekistondagi barcha oliy oquv yurtlarida kirish imtihonlari uchun test sinovlari o‘tkaziladi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar