Главная » 2015 » Сентябрь » 23

Moskva jome’ masjidi rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochildi


  • News
  • 23 Сен 2015(16:46)
  • 432
  • 0
Bugun, 23-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropadagi eng yirik jome’ masjidni keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng ochib berdi.

Moskva jome’ masjidi ochilish marosimida Rossiya Muftiylar kengashi raisi Ravil Gaynutdin, shuningdek, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Falastin yetakchisi Mahmud Abbos, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Yevropa davlatlari elchilari qatnashdi.

Bundan tashqari, masjid ochilishiga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov yetib keldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq masjidning tantanali ochilish marosimiga Rossiya Federatsiyasi Muftiylar kengashining raisi, Rossiya musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy shayx Ravil Gaynutdin taklifiga binoan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Masjidlar bo‘limi boshlig‘i M.B. Yo‘ldoshev va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot kotibi J. Nuriddinov Moskva shahriga jo‘nab ketgani xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, 1904-yilda ochilgan Moskva jome’ masjidi rekonstruksiya qilindi. Masjid joylashgan hudud 964 kvadrat metrdan 18 900 kvadrat metrga kengaytirilgan. Bino olti qavatdan iborat, 7 ta lift bilan jihozlangan. Masjid bir paytning o‘zida 10 minggacha kishini sig‘dira oladi.

Теги: Moskva jome’ masjidi rekonstruksiya

Всего комментариев: 0
avatar