Главная » 2015 » Июль » 8

Moskvada “Selfi xavfli!” degan belgilar paydo bo‘ladi


  • News
  • 08 Июл 2015(10:20)
  • 482
  • 0
Moskvada baland uylar tomlari, ko‘priklar va xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan boshqa obyektlarda selfining xatari to‘g‘risida ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

“Suratga tushish yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan joylarni ajratib, ‘Selfi xavfli!’ degan belgilar o‘rnatish kerak, — deya ta’kidlaydi Moskva Davlat dumasining qonunchilik komissiyasi rahbari Aleksandr Semennikov. — O‘zingizni tarixga muhrlamoqchimisiz, marhamat, faqat joningizni xatarga qo‘yib, tavakkal qilayotganingizni unutmasangiz bo‘lgani”.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish lozimki, Rossiyada shu yil boshidan beri selfi ishqibozlari bilan bog‘liq 100 ga yaqin baxtsiz hodisa ro‘y berdi, o‘nlab holatlar fojiali yakun topdi.

Manba: Daryo.uz
Всего комментариев: 0
avatar