Главная » 2015 » Октябрь » 16

Moskvada yil oxirigacha bepul Wi-Fi bilan jihozlangan avtobus, trolleybus va tramvaylar paydo bo‘ladi


  • News
  • 16 Окт 2015(20:16)
  • 651
  • 0
Rossiya poytaxtida avtobus, trolleybus va tramvaylarni simsiz internetga ulash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilindi.

“Yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha xizmatlarning yo‘lga qo‘yilishi jamoat transportida qatnovni yanada qulay bo‘lishini ta’minlaydi, — deya ta’kidlagan korxona bosh direktori Yevgeniy Mixaylov. — Agar e’lon qilingan tanlov muvaffaqiyatli o‘tsa, yil oxirigacha Wi-Fi bilan jihozlangan dastlabki mashinalar yo‘nalishga chiqariladi”.

Mazkur loyiha Moskvadagi 8 mingta transport vositasini qamrab olishi aytilmoqda.

Oldinroq Moskvaning yo‘lovchi yuradigan ko‘chalari Wi-Fi bilan jihozlanishi xabar qilingandi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar