Главная » 2015 » Ноябрь » 2

Motorola Droid Turbo 2 — sinmaydigan ekranga ega birinchi smartfon


  • News
  • 02 Ноя 2015(22:07)
  • 406
  • 0
Hayot haqiqati: ma‘lum bir ishlab chiqaruvchining top smartfonini sotib olasan, unga endigina o‘rganishing bilan uning yangilangal talqini sotivga chiqadi. Marketologlarning ma‘lumotni puxta berishlari tufayli, smartfon egasi biz zumda «bechora» ga va «xafa» buyum egasiga aylanadi. Gadjetlar diagonali borgan sari kattaroq, chiplari yanada kuchliroq bo‘lib bormoqda. Kameralar megapikseli esa bir necha o‘n pikseldan oshib ketgani oddiy holatga aylangan.

Ammo barcha zamonaviy smartfonlarni va fabletlarni bir kamchilik birlashtiradi. U ham bo‘lsa ekranning nozikligidir. Muhandislar himoya plenkalarini o‘rnatishadi, displeyni baquvvat Gorilla Glass va ionalmashadigan oyna bilan qoplashadi, ammo qurilmangiz kutilmaganda tushib ketganda sizni tuyg‘ular dueti — urishdan to‘xtagan yurak va ekrandagi «o‘rgimchak uyasi» tark etmaydi. Tanish holat-a?

«Motorola» kompaniyasi «Verizon Wireless» operatori bilan birgalikda, ruslar aytganidek «buqani shoxidan ushladi» va ular birgalikda yangilangan Motorola Droid Turbo 2 smartfonini yaratishdi. Uning asosiy «fishkasi» sifatida apparat qismi emas, balki Moto ShatterSheild texnologiyasida yaratilgan sinmas ekrani qayd etildi.

Uning asosini egiluvchan AMOLED-displey berkingan. Bu displey urish impulsini kamaytiradi va oddiy smartfonlar ekranlari sinadigan ko‘p holatlarda butunligicha qoladi. Texnologiyaga ko‘ra, ekran 5 qavatdan: qattiq alyuminiy asos, egiluvchan displey, ikki qavatli sensor qoplam va ikkita ustki himoya oynasidan iborat. Kompaniya o‘z yangiligiga shu darajada ishonadiki, DROID Turbo 2 ekrani uchun to‘rt yillik kafolat muddati bermoqda.

CNN jurnalistlari jon deb yangilik ekranini real hayotdagi baquvvatligini tekshirishga kirishib ketdilar. Apparat stoldan, cho‘ntaklardan va ikki metr balandlikdan tushib ketganda ham unga hech nima qilmadi. Droid Turbo 2 ning ekrani hatto velosiped g‘ildiraklari ostida qolganida ham butun qoldi. Faqatgina uning ustidan ot bosib o‘tgandan son‘g, ekran oynasi ba‘zi joylarda egildi. Ammo shunda ham ekran yorilmadi va smartfondan bema‘lol foydalanish mumkin bo‘ldi. Bu ekran rostdan ham «o‘lmas» shekilli.

2560x1441 pikselli (Quad HD) kengayish va 540 ppi zichlikka ega 5,4 dyuym diagonalli ekran, baquvvat alyuminiydan yasalgan korpusga joylashtirilgan. Smartfon suvdan himoyalangan ustki qismga ham ega. Shu sababli unga yomg‘ir ham suv tomchilari ham qo‘rqinchli emas.

Motorola DROID Turbo 2 sakkis yaderli 2 GGts chastotaga ega Qualcomm Snapdragon 810 protsessoti asosida qurilgan. Qurilmaga 3 GB operativ va 32/64 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Bu xotirani microSD karta yordamida 2TB gacha ko‘paytirish mumkin.

Asosiy 21-megapikselli kamera 4-K kengayish va f/2.0 diafragmaga ega bo‘lib, ikki xil rang beruvchi ikkita LED-vspishka bilan ta‘minlangan. Frontal kamera — 5 MP ga ega modul. Simsiz imkoniyatlardan Wi-Fi 802.11a/b/g/n/ac, Bluetooth 4.1, NFC va GPS lar mavjud.

Yangi gadjetning yana bir katta yutug‘i uning baquvvat — 3760 mAs kuchga ega akkumulyatoridir. U simsiz PMA va Qi quvvatlagichi va TurboPower tez quvvatlanish funksiyasiga ega.TurboPower da 15 daqiqa tarmoqqa ulangan telefon 13 soat avtonom ishlay oladi. Ishlan chiqaruvchi to‘liq zaryad bilan 48 soatgacha ishlash mumkinligini va‘da bermoqda.

Qurilma Android 5.1.1 Lollipop operativ tizimi ostida ishlaydi. Uning gabaritlari 149.8 х 78 х 7.6-9.2 mm bo‘lib, og‘irligi 169 gramm.

Motorolaning boshqa smartfonlari kabi, Droid Turbo 2 uchun ham, Moto Maker onlayn do‘konida o‘ziga xos dizayn tanlash mumkin. «Soft-touche» plastikdan, charmdan va ballistik neylondan yasalgan orqa qopqoqlar taklif etiladi.

Xalqaro bozorda yangilik Moto X Force nomi ostida paydo bo‘ladi. U noyabr oyidan Lotin Amerikasida, Yevropada, Yaqin va O‘rta Sharqda, Afrikada va Osiyo-Tinch okeani hududlarida savdoga chiqadi. Buyuk Britaniyada smartfonning narxi 32 GB model uchun £499 ($761) va 64 GB model uchun £534 ($815) ni tashkil etadi.
Всего комментариев: 0
avatar