Главная » 2015 » Январь » 30

Munisa Rizaeva “bir marta va bir umrga” turmushga chiqadi


  • Admin
  • 30 Янв 2015(22:22)
  • 1053
  • 0

Xonanda Munisa Rizaeva qachon va kimga turmushga chiqishini ma'lum qildi.  "Nasib qilsa, albatta turmushga chiqaman va bundan hech kim bexabar qolmaydi. Men turmush, oila masalasiga jiddiy qarayman. Bir marta va bir umrga turmushga chiqaman”, – dedi Munisa Rizaeva. "Yuragim jiz etishi, chindan ham sevib qolishim kerak, deb aravani quruq olib qochadiganlardan emasman. Avvalo, meni va men sevgan insonning dunyoqarashi, o'ziga ishonchi, sabr-toqati, aql-zakovati menikidan kuchli bo'lishi lozim”, – dedi xonanda. Munisa Rizaevaning ta'kidlashicha, unga "bir qarashning o'zidayoq gapini o'tkaza oladigan, oilada haqiqiy bosh bo'ladigan turmush o'rtoq” kerak. Xonandaning qo'shimcha qilishicha, "san'at hayotining bir bo'lagi bo'lsa ham” oila, farzandlar uchun "o'ylab o'tirmay san'atidan voz kechgan bo'lardi”.

Теги: Munisa Rizaeva “bir marta va bir um

Всего комментариев: 0
avatar