Главная » 2016 » Март » 17

Munisa Rizayeva ma’muri Ibrohim Ahmedov bilan boshqa ishlamasligi sabablarini ma’lum qildi


  • News
  • 17 Мар 2016(22:21)
  • 511
  • 0
Xonanda Munisa Rizayeva o‘zi bilan ishlaydigan ma’murlarini tez-tez o‘zgartirib turishi barchaga ma’lum. Qo‘shiqchi navbatdagi ma’muri Ibrohim Ahmedov bilan urishib qolishiga nima sabab bo‘lganligini ma’lum qildi.

“Buning sababini yashirib o‘tirmayman. Ibrohim men bilan ishlayotgan paytda baravariga boshqa bir xonanda qiz bilan ham ishlashni boshlab yuboribdi. Men esa bundan bexabar qoldim. Ma’mur faqat bir xonanda bilan ishlagani ma’qul, deb o‘ylayman. Chunki, o‘zimizga yarasha ijodiy sirlarimiz, o‘z ish rejamiz bo‘ladi. U mening ma’murim edi, buning uchun oylik olardi. Yashirincha boshqa xonanda bilan ishlashi to‘g‘ri emas-ku?! Bu haqda rostini aytsa ham bo‘lardi-ku?! Xonanda yaxshi ishchini hech qachon shunchaki bo‘shatmaydi”, — deydi xonanda.

Kunning boshqa qiziqarli yangiliklarini Telegram messengeridagi Official canalimiz @VOYDODATVda kuzatib boring!

Теги: Munisa Rizayeva ma’muri Ibrohim Ahm

Всего комментариев: 0
avatar