Главная » 2015 » Февраль » 7

Munisa Rizayeva yosh hamkasbi Shohzamonning klipida rol ijro etadi


  • Admin
  • 07 Фев 2015(15:08)
  • 1013
  • 0

“E’tirof-2014” taqdirlash marosimida “Yilning eng yaxshi ayol xonandasi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan Munisa Rizayeva haqida qo‘shiq ijro etgan yosh xonanda Shohzamon endi klip tasvirga olish niyatida. “Munisaxon Rizayeva” nomli mazkur tarona ijtimoiy tarmoqlar, FM radiolari va internet saytlarida keng ommalashdi. Munisaning o‘zi mazkur kompozisiyaga a’lo baho berib, albatta klipda o‘zi rol ijro etishi haqida ta’kidlab o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, noan’anaviy yo‘nalishda qo‘shiqlar ijro etuvchi Shohzamon bundan avval ham “Hindistondan xat oldim” deya xonish qilgan edi.
 

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar