Главная » 2015 » Август » 17

Munisa Rizayevaning Instagram’dagi sahifasi xakerlar hujumiga uchradi


  • Admin
  • 17 Авг 2015(13:36)
  • 1308
  • 0

Xonanda Munisa Rizayevaning Instagram’dagi sahifasi va elektron pochtasi noma’lum shaxslar tomonidan o‘zlashtirib olindi, deya xabar bermoqda “Sayyod.com”.

Nashr yozishicha, bu haqda qo‘shiqchining o‘zi ma’lum qilgan. Uning aytishicha, ayni damda Instagram’da yangi sahifa (@rizaevamunisa) ochgan va u yerda ushbu holat yuzasidan video ham qoldirgan.

Munisa bu haqda kimga va nima deb murojaat qilishni bilmayotganini aytib, nashrdan yordam so‘ragan.

Ta’kidlash joiz, ikki kun ichida xonandaning Instagram’dagi yangi sahifasiga 10 mingdan ortiq kishi obuna bo‘lishga ulgurgan. Munisaning avvalgi Instagram akkauntida esa 144 ming nafar obunachi bo‘lgan.

 

 

Теги: Munisa Rizayevaning Instagram’dagi

Всего комментариев: 0
avatar