Главная » 2018 » Январь » 9

Murod Rajabovning ustidan nega yozishgandi?


  • Mirkarimoff
  • 09 Янв 2018(22:01)
  • 289
  • 0

O`zbekiston xalq artisti Murod Rajabov bundan 4-5 yil avval Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida rahbar bo`lganidan xabaringiz bor. Turli sabablarga ko`ra lavozimdan ketishga to`g`ri kelgan aktyor shu kungacha bu mavzuda umaman gapirmagan edi. Ammo biz bilan bo`lgan suhbatda o`shanda direktorlikdan ketishiga nima sabab bo`lgani haqida ochiqchasiga gapirdi.

Murod Rajabov: — Teatrdan ketish sababi haqida shu kungacha hech qaerda gapirmagandim. Lekin bugun balki gapirib o`tishim o`rinli bo`lar. Xullas qandaydir uydirma gaplar tufayli, yillar davomida hamkasblarim deb yurganlardan sotqinlik ko`rdim. Ular qandaydir arzimas sabablarni ko`rsatib, ustimdan shikoyat qilishdi. Bilasizmi, o`sha xatni menga ham ko`rsatishganda, yozilgan gaplarni o`qib ochig`i, kulgim keldi. Kimga yolg`on, menga chin matnda yozilgan gaplarning hatto 99 foizi ham haqiqat emas edi. Indamadim. O`sha paytda mavjud bo`lgan “O`zbekteatr” birlashmasiga chaqirtirib, ishdan ketishimni aytishganida ham e`tiroz bildirmay, ishdan bo`shash arizamni yozib ketganman. Hozir birovlarni yomonlab, o`zimni yaxshilash niyatidan yiroqman. Rahbarlik davomida hammasini faqat teatr va san`atimiz uchun bajardim. Buni bandasi ko`rmasa, O`zi guvoh. Faqat hozirgi suhbatimizda bir gapni aytib o`tmoqchi edim. Teatr jamoasidan tashqarida ham vaqtida hurmat qilib “aka-aka” daganlar, ijodimdagi bu og`ir kunlarda o`zini olib qochgani va go`yo meni hech qachon tanimagandek tutishlaridan hafa bo`ldim. Inson qiyin vaziyatlarda boshqalardan faqat insoniylik kutishini unutib qo`ymaslik kerak, nazarimda...

Всего комментариев: 0
avatar