Главная » 2016 » Сентябрь » 14

Myunxenning “Bavariya” klubi Chempionlar Ligasining uy uchrashuvlari g‘alabasi bo‘yicha rekord o‘rnatdi


  • Pro_eXclusive
  • 14 Сен 2016(11:20)
  • 248
  • 0
Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti boshchilik qilayotgan Germaniyaning “Bavariya” klubi Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichini yirik — 5:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi. “Rostov” ustidan qozonilgan g‘alaba nemis klubi uchun Chempionlar Ligasi doirasidagi ketma-ket o‘n uchinchi uy g‘alabasi bo‘ldi. Yevropaning hech bir klubi mazkur musobaqaning uy uchrashuvlaridan ketma-ket 13 tasini o‘z foydasiga hal qilmagandi, deb yozdi “Championat.asia” “Bavariya” rasmiy saytiga asoslanib. Avvalgi rekord Angliyaning “Manchester Yunayted” klubiga tegishli bo‘lib, inglizlar ketma-ket 12 ta uy uchrashuvini o‘z foydasiga hal qilgandi. Myunxen jamoasi matbuot xizmati “Bavariya”ning 5:0 hisobidagi g‘alabasi Chempionlar Ligasi startidagi klub uchun eng yirigi ekanini ham qayd etgan.

Теги: Myunxenning “Bavariya” klubi Chempi

Всего комментариев: 0
avatar