Главная » 2015 » Декабрь » 22

Nafaqat tomoshabinlar, san’atkorlar ham hayratda”. Malika Egamberdiyeva eng yaxshi ayol xonanda deb topilganiga munosabatlar


  • News
  • 22 Дек 2015(17:10)
  • 766
  • 0
“E’tirof — 2015” milliy mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi 21-dekabr kuni bo‘lib o‘tgani haqida xabar berildi, g‘oliblar ro‘yxati keltirildi, fotoreportajlar tayyorlandi.

Shou-biznes yangiliklariga ixtisoslashgan aksariyat onlayn-resurslar ushbu tadbirni faol, suratlari va matnli translyatsiyalari bilan yoritganiga qaramay, unga asosan tanqidiy nuqtai nazar bilan yondashdi. Ayniqsa, yosh xonanda Malika Egamberdiyevaning “Yilning eng yaxshi ayol xonandasi” sifatida “E’tirof” mukofotiga loyiq ko‘rilgani bir emas, bir necha manbalar tomonidan keskin kutib olindi.

“Nafaqat tomoshabinlar, zaldagi san’atkorlar ham hayratini yashira olmadi. Manzura ham, Ziyoda ham, Shahzoda ham yo‘lda qolib ketdi. ‘Yilning eng yaxshi ayol estrada xonandasi’ deb Malika Egamberdiyeva e’lon qilindi”, — deb yozadi “Qalampir.uz”. Nashrning qo‘shimcha qilishicha, shundan so‘ng “Istiqlol” san’at saroyida “Malika bu yil nima qildi?”, “Konsert berdi-ku” kabi “shivir-shivirlar” boshlangan.

“Menimcha, Abdurashid Yo‘ldoshev va Malika Egamberdiyeva milliy yo‘nalishda sovrin olishi kerak edi… Keyingi yil tuzukroq bo‘lar, deb umid qilamiz. Rosti, yozgimiz ham kelmadi”, — deb qayd etadi “Shok.uz” sayti muallifi. “Sayyod.com” esa mazkur masala qariyb butun bir maqola bag‘ishlagan. Nashrning yozishicha, boshqa nominatsiyalar bo‘yicha ham e’tirozlar bor, “biroq Malikaga ko‘proq — chunki uni aksariyat odamlar tanimaydi”.

“Malika 2015-yilda 100 foiz jonli konsert bergani, iste’dodi mukofotlarga loyiqligini e’tirof etish kerak, ammo estrada yo‘nalishida u yil ayoli emasdi”, — deb yozadi sayt muallifi. Muallifning qayd etishicha, odamlar Malika Egamberdiyevaning ommalashgan qo‘shig‘idan ham avval, uning o‘zini tanimayapti.

“Hech kim Malikaning iqtidori va jonli ijroda kuylashini tanqid qilayotgani yo‘q. Jonli ijro borasida yoki yilning eng chiroyli ovozi mukofoti berilganida boshqa gap edi. Unga ‘Yilning eng yaxshi ayol xonandasi’ mukofotini berishga hali juda erta edi. U hali shogird maqomidagi, birorta qo‘shig‘i ommalashmagan juda yosh va, albatta, iste’dodli xonanda”, — deyiladi saytdagi maqolada.

Ma’lumot uchun, Malika Egamberdiyeva 1990-yili Namangan viloyati Pop tumanida tug‘ilgan. 2005-yili maqomchilar ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lgan, 2009-yili “Qalbimda Vatan” ko‘rik-tanlovi laureati va “Yagonasan Vatan” tanlovi uchinchi o‘rin sohibi bo‘lgan. 2010-yili “Nihol” mukofoti bilan taqdirlangan, 2013-yili esa asosiy Navro‘z tantanalari yakunida O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bilan duet kuylab chiqqan. O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovani o‘ziga ustoz deb biladi.

Теги: san’atkorlar ham hayratda”. Malika , Nafaqat tomoshabinlar

Всего комментариев: 0
avatar