Главная » 2015 » Ноябрь » 22

Nalchik yaqinida IShIDga sodiqlikka qasamyod qilgan 11 jangari yo‘q qilindi


  • News
  • 22 Ноя 2015(18:03)
  • 391
  • 0
Kabarda-Balkariya Respublikasida (Rossiya) o‘tkazilayotgan aksilterrorchilik operatsiyasi chog‘ida IShIDga sodiqlikka qasamyod etgan 11 nafar jangari yo‘q qilindi.

Aksilterrorchilik operatsiyasi tartibi respublika poytaxti Nalchik atrofi va Cherek tumanida 22-noyabr, yakshanba kuni ertalab, huquq-tartibot xodimlari Cherkes tumanidagi o‘rmonda bir guruh jangarilarga duch kelgach joriy etildi. Jangarilar xodimlarga qarata o‘q uzgach, o‘rtada otishma boshlangan va 11 nafar jangari yo‘q qilingan.

Huquq-tartibot xodimlari orasida halok bo‘lgan yoki jarohatlangar to‘g‘risida ma’lumot berilmagan. Ayni paytda maxsus operatsiya davom etmoqda.

Теги: Nalchik yaqinida IShIDga sodiqlikka

Всего комментариев: 0
avatar