Главная » 2015 » Сентябрь » 26

Nargiz Zokirova: Artist tom ma’noda mukammal bo‘lishi kerak


  • News
  • 26 Сен 2015(13:30)
  • 443
  • 0
“Rossiya 1” telekanalida “Glavnaya ssena” (“Bosh sahna”) musiqaviy shousining ikkinchi mavsumi boshlandi. Unda boshlovchi sifatida ishtirok etayotgan Nargiz Zokirova “Gazeta.ru”ga shou haqidagi fikrini bildirdi.

Avvalroq Nargiz Zokirovaning Ernest Matskyavichyus bilan ushbu ko‘rsatuvga boshlovchilik qilishi ma’lum qilingan edi.

“Yangi mavsumda shouga biroz o‘zgartirishlar kiritilgan, biroq ular global darajadagi o‘zgarishlar emas. Jyuri a’zolari avvalgidek juda qattiqqo‘l, buning uchun men ularni chuqur hurmat qilaman. Tomoshabinlarni juda ko‘p qiziqarli daqiqalar kutmoqda. Qatnashchilarga maslahatim – maksimal darajada tayyor bo‘lish va zarbalarda ham o‘zini tuta olishning uddasidan chiqish. “Glavnaya ssena” kabi joyda artist tom ma’noda mukammal bo‘lishi lozim”, — dedi Nargiz Zokirova.

“ ‘Golos’ loyihasida men ham xuddi hozirgi shou qatnashchilaridek edim. Ulardan kam hayajonlanmaganman. Boshlovchi rolida esa hozircha o‘zimni biroz noqulay sezayapman, bu men uchun juda qiyin sinovdir. Shou ishtirokchilari bilan birga barchasini qaytadan boshimdan kechirayapman”, — deb qo‘shimcha qildi qo‘shiqchi.

Теги: Nargiz Zokirova: Artist tom ma’noda

Всего комментариев: 0
avatar