Главная » 2015 » Декабрь » 9

Navoiy viloyatida “Ko‘ksaroy” suv ombori ishga tushdi


  • News
  • 09 Дек 2015(21:24)
  • 483
  • 0
Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Ko‘ksaroy” suv ombori qurilishi ishlari yakunlandi.

Langar tog‘idan oqib tushuvchi soy, buloq va sel suvlari to‘planishidan hosil bo‘ladigan suv ombori 7,5 million kub metrgacha obi hayotni saqlash quvvatiga ega. 78 gektar maydonni egallagan mazkur inshootda to‘planayotgan suv miqdori va tarkibini aniqlash, uni taqsimlash uchun zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uning suv berish quvvati yiliga qariyb 12 million kub metr.

– Mazkur inshoot tumandagi salkam ming gektar ekin maydonini suv bilan ta’minlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, muhimi, sel-toshqin va ofatlarning oldini olishga xizmat qiladi, – deydi “O‘zmaxsussuvqurilish” ixtisoslashgan kompaniyasi davlat korxonasi “Zarafshonmaxsussuvqurilish” filiali direktori Yoqub Yusupov. – Qishloq xo‘jaligida obi hayotdan samarali foydalanish hamda suv ta’minotini yaxshilash maqsadida ishga tushirilgan suv omborining qurilish-montaj ishlariga qariyb 21 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

Tadbirda Navoiy viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqdi.
Всего комментариев: 0
avatar