Главная » 2015 » Январь » 1

“Nega-a-a-a?” qo‘shig‘i muallifi yangi albom tayyorlayotgani xabar qilindi


  • Akhmad
  • 01 Янв 2015(04:54)
  • 745
  • 0

oriy yilning yozida jonli kuylangan, videosi havaskorlik darajasida suratga olingan “Ayrildik-ku bizlar” qo‘shig‘i bilan Uznetda mashhur bo‘lib ketgan Umidjon Shermatov yangi albom tayyorlamoqda. Bu haqda Facebook’dagi Funny Anonymous sahifasi xabar berdi.
Sahifada “Umidjon Shermatov: Yangi yilda muxlislarimga sovg‘a qilib yangi albomimni taqdim etaman” sarlavhasi ostida ijod jarayoni aks etgan uchta fotosurat ham keltirilgan.
“Ovoz muharriri va yaxshi telefon yordamida internet yulduziga aylanishning yorqin misoli”, – deb ta’rif bergandi o‘shanda Umidjon Shermatovning birinchi “klipi”ga.
Internet hamjamiyati qo‘shiqdagi so‘zlar orasida naqoratidagi alohida urg‘u berib aytiladigan “Nega” jumlasiga ayniqsa katta e’tibor qaratgan, ushbu so‘z va umuman qo‘shiq muallifi internetdagi ko‘plab memlarning qahramoniga aylangan edi.

manba: Daryo

 

Всего комментариев: 0
avatar