Главная » 2015 » Ноябрь » 20

Nepallik xaker Sukerbergni Facebook’dan “bo‘shatib yubordi”


  • News
  • 20 Ноя 2015(19:54)
  • 453
  • 0
Nepallik xaker Sachin Takuri Facebook ijtimoiy tarmog‘ida istagan kishini “bo‘shatish” imkonini beradigan “bag” (dasturdagi xatolik)ni topdi.

Takuri Facebook’dagi postning havolasini chop etdi, unda ijtimoiy tarmoq asoschisining ishdan ketganligi haqida aytiladi. Aslida Mark Sukerbergning kompaniyadan ketganligi haqida hech qanday yangilik chop qilinmagan.

Xakerning so‘zlariga ko‘ra, hamma gap saytdagi “bag”da. Xatolik qayerdadir ish boshlangani to‘g‘risidagi postni ishdan ketganlik haqidagi postga almashtirish imkonini beradi.

Takurining qayd etishicha, ushbu “bag” foydalanuvchilarning xavfsizligiga tahdid qilmaydi. Shunga qaramay, hazilkashlar undan kimlarnidir chalg‘itish uchun foydalanishi mumkin. Xaker xatolik haqida ijtimoiy tarmoq ma’muriyatiga xabar qilgani, ammo ular hozircha hech qanday munosabat bildirmaganini aytib o‘tdi.
Всего комментариев: 0
avatar