Главная » 2015 » Октябрь » 22

Nexia va Gentra Qozog‘istonda eng ko‘p sotiladigan mashinalar o‘ntaligiga kirdi


  • News
  • 22 Окт 2015(19:20)
  • 675
  • 0
“Avtokonsalting.KZ” agentligi ma’lumotlariga qaraganda, joriy yilning sentabr oyida Nexia va Gentra o‘zbek avtomobillari o‘ntalikdan Hyundai Elantra’ni chiqarib yubordi.

Faqat sentabr oyi davomida ushbu markadagi avtomobillardan 565 ta sotilgan: Nexia (238) o‘ntalikning to‘qqizinchi o‘rnidan, Gentra (227) esa o‘ninchi o‘rnidan joy oldi.

2015-yilning sentabr oyida qozog‘istonliklar eng ko‘p quyidagi markali avtomobillarni xarid qilgan: Rossiyaning LADA Priora avtomobili (650) o‘ntalikda birinchi o‘rinni egalladi. 2-o‘rinni Hyundai Accent (522), 3-o‘rinni Volkswagen Polo Sedan (516), 4-o‘rinni Kia Rio (351), 5-o‘rinni Renault Duster (327), 6-o‘rinni Renault Logan (293), 7-o‘rinni LADA Largus (268), 8-o‘rinni esa Renault Sandero (240) egalladi.

Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan kompaniyasi 8-oktabr kuni Moskvada Uz-Daewoo o‘rniga kelgan yangi Ravon brendi taqdimotini o‘tkazgan edi.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar