Главная » 2015 » Июль » 28

Nigina Abduraimova Bokuda Dyachenko to‘sig‘idan o‘ta olmadi


  • Admin
  • 28 Июл 2015(18:24)
  • 416
  • 0

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida davom etayotgan Baku Cup tennis turnirining saralash bahslarini muvaffaqiyatli yakunlab, asosiy to‘rdagi ilk bahsini o‘tkazdi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.

 

Mukofot jamg‘armasi 250 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning saralash musobaqasida 6-raketka sifatida qayd etilgan Nigina avvaliga rossiyalik Kseniya Likinani 6:3, 6:4, keyin esa italiyalikNastasya Barnettni 7:5, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Bugun, 28-iyul kuni o‘tkazilgan asosiy to‘r yakkalik musobaqasining ilk davrasida Abduraimova rossiyalik Vitaliya Dyachenkoga qarshi kortga chiqdi. Rossiyalik tennischi dunyo reytingida 92-o‘rinni egallab turibdi. Abduraimova esa 181-pog‘onadan joy olgan. Bir soatu 22 daqiqa davom etgan bahsda Dyachenko 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi.

Всего комментариев: 0
avatar