Главная » 2015 » Сентябрь » 7

Nokia 3310 telefoni 15 yillik yubileyini nishonlamoqda


  • News
  • 07 Сен 2015(14:33)
  • 510
  • 0
2000-yil 1-sentabr kuni Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi nafaqat kompaniyaning o‘zida, balki butun sanoatda alohida o‘rin egallagan Nokia 3310 telefonini taqdim etgan edi. 2000-yil oxiriga kelib, 120 millionta 3310 sotildi, bu uni tarixdagi eng xaridorgir qurilmalardan biriga aylantirdi.

U 84×48 pikselli monoxrom displey, 900 mA/soat sig‘imili akkumulyatorga ega edi. Telefon korpusi 48×113×22 millimetr, og‘irligi 133 grammni tashkil etgan.

Kalkulyator, sekundomer kabi 2000-yilda keng tarqalmagan funksiyalardan tashqari, Nokia 3310’da Pairs II, Space Impact, Bantumi va Snake II o‘yinlari o‘rnatilgan edi.

Nokia 3310 ishonchliligi bilan shuhrat qozondi va Reddit’da “terminator telefon” deb nom oldi.

Теги: Nokia 3310 telefoni 15 yillik yubil

Всего комментариев: 0
avatar