Главная » 2015 » Июль » 15

Nokia mobil telefonlar bozoriga qaytishi mumkinligini tasdiqladi


  • Admin
  • 15 Июл 2015(20:03)
  • 611
  • 0

Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi 2016 yilda o'z brendi ostida yangi mobil telefonlar yaratishi mumkinligini tasdiqladi.
Nokia da ma'lum qilinishicha, kompaniya yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularning savdosi, marketingi va foydalanuvchilarni qo'llab-quvvatlashni o'z zimmasiga oladigan hamkorni qidirmoqda.

Kompaniyada yangi telefonlar bozorga 2016 yilning 4-choragidan keyin chiqarilishi aytilmoqda, chunki Microsoft kompaniyasi bilan tuzilgan kelishuvga ko'ra, aynan shu muddatdan keyin Microsoft kompaniyaga o'z brendidan foydalanishga ruxsat beradi. 2014 yilda Nokia o'zining telefonlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan bo'linmasini bir necha yillik pasayishdan keyin Microsoft ga sotib yuborgan edi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar