Главная » 2016 » Январь » 20

Nukusdagi iliq havo 1986-yilgi rekordni yangiladi


  • News
  • 20 Янв 2016(23:55)
  • 491
  • 0
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy markazi Nukus shahrida 2016-yil 19-yanvarda aynan shu kun tarixidagi eng yuqori havo harorati qayd etildi.

Nukus manzaralari. Foto: O‘zA
“O‘zgidromet” markazi axborotiga ko‘ra, 19-yanvar, seshanba kuni kunduzi Nukus shahrida havo harorati +11,2 darajagacha ko‘tarilgan.

Bungacha ko‘p yillik kuzatuvlar tarixidagi rekord natija 1986-yil 19-yanvarida o‘rnatilgandi — o‘shanda havo harorati +8,8 darajagacha ko‘tarilgan.

Ko‘p yillik kuzatuvlar natijasiga ko‘ra, Nukus shahrida 19-yanvardagi o‘rtacha havo harorati -5 daraja sovuq bo‘lib, eng sovuq havo 2008-yilning 19-yanvarida (-27,7 daraja sovuq) qayd etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 19-yanvar kuni kunduzi havo harorati Toshkent shahrida +11,8 darajagacha, Samarqand shahrida +15,1 darajagacha, Termiz shahrida esa +17,6 darajagacha ko‘tarilgan.
Всего комментариев: 0
avatar