Главная » 2015 » Сентябрь » 29

Nursulton Nazarboyev dunyo valyutasi yaratishni taklif etdi


  • News
  • 29 Сен 2015(12:53)
  • 595
  • 0
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev BMTga a’zo davlatlarning dunyo valyutasini ishlab chiqish borasidagi urinishlarini birlashtirishga chaqirdi.

BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasida so‘z olgan Qozog‘iston rahbari global bo‘hron bilan kurashni “ayni paytda qonuniylik, demokratiya, raqobat, samaradorlik va xalqaro nazorat talablariga javob bermayotgan” dunyo zaxira valyutalari emissiyasi va muomalada bo‘lishi masalasida tartib o‘rnatishdan boshlash lozimligini aytib o‘tdi.

“XXI asrda dunyoga yangicha sifatga ega moliyaviy manbalar kerak. Barqaror rivojlanish va taraqqiy etish maqsadlari hamda vazifalariga javob beradigan dunyo valyutasini ishlab chiqish bo‘yicha BMTga a’zo davlatlar harakatlarini birlashtirish talab etiladi”, — deya ta’kidlagan Nazarboyev.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston avvalroq Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston, Qirg‘iziston) yagona valyuta joriy etilishiga qarshi chiqqan edi.

Теги: Nursulton Nazarboyev dunyo valyutas

Всего комментариев: 0
avatar