Главная » 2015 » Декабрь » 3

O'zbekiston va Rossiyadagi Beeline O'zbekiston abonentlari uchun oyiga $20gacha bonuslar taqdim etilmoqda


  • News
  • 03 Дек 2015(19:34)
  • 679
  • 0
Beeline aloqa operatori qulay muloqot uchun halqaro aktsiya o'tkazilishini ma'lum qiladi. Endi Rossiyadagi Beeline abonenti bo'lgan va “Vsyo” tarif rejalarining biridan foydalanadigan yaqinlari bor kompaniyaning o'zbekistonlik abonentlari aloqa xizmatlari uchun har oy 20$gacha miqdordagi bonusga ega bo'lishlari mumkin.

“Do'st va yaqinlaringiz Moskva yoki Sankt-Peterburgda bo'lsa, ularga “Vsyo” tarif rejasi yoqilgan Beeline SIM-kartasini xarid qilishni tavsiya eting, – deya izoh beradi Unitel tijorat direktori Maksim Еfremov. – “Vsyo” tarif rejasi yoqilib, telefon raqamingiz sevimli raqamlar ro'yxatiga qo'shilsa, avtomatik ravishda, shu erda, ya'ni O'zbekistonda o'z balansingizga bonuslarni qabul qilib olasiz”.

Bonus miqdori abonentning qarindoshi yoki yaqin insoni ulangan “Vsyo” tarif rejalari turi hamda Rossiyadagi “Bilayn” mobil aloqasi uchun sarflagan mablag'iga qarab belgilanadi. Aktsiya doirasida eng ko'pi 5$ miqdorida Beeline O'zbekistonning to'rt raqamiga bonuslar taqdim etilishi mumkin. Shunda, raqamlar o'zgartirilishi mumkin. Har bir Beeline O'zbekiston raqami Bilayn Rossiyadagi bir raqamdan bonuslar qabul qila oladi.

Taqdim etilgan bonuslarni O'zbekiston bo'ylab barcha qo'ng'iroq va SMS‘lar uchun, mobil Internet va mavjud tarif rejasi bo'yicha abonent to'lovi uchun sarflash mumkin. Bonuslar taqdim etilgan kundan boshlab 180 kun amal qiladi. Keyingi oy uchun taqdim etilgan bonuslar avvalgi bonuslarning qoldig'i bilan qo'shiladi va so'nggi bonuslar taqdim etilgan kundan boshlab yana 180 kunga uzaytiriladi. Bonuslarni pulga almashtirish yoki boshqa abonentlarga o'tkazish mumkin emas. Bonusli balansni *103# kodi orqali tekshirish mumkin.

Aktsiya Moskva va Sankt-Peterburgdagi rossiyalik abonentlar uchun amal qiladi. Aktsiya haqida batafsil ma'lumotni www.beeline.ru saytidan olishingiz mumkin.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar