Главная » 2015 » Декабрь » 11

O'zbekistonda benzin taqchilligi muammosini hal etish yo'li topildi


  • News
  • 11 Дек 2015(21:38)
  • 1135
  • 0
O'zbekiston yaqin bir necha yil ichida metanolni qayta ishlash orqali undan benzin olish hajmini oshirmoqchi. Bu haqda Sputnik "O'zkimyosanoat" aktsionerlik jamiyatidagi axborot manbasiga asoslanib xabar berdi.

Uning so'zlariga ko'ra, mamlakatda 2016 yildan Xitoyning China SAMS Engineering So. kompaniyasi tomonidan olib boriladigan zamonaviy polivinilxlorid kompleksi qurilishi faol bosqichga chiqadi. Mazkur muassasa tomonidan polivinilxloriddan tashqari, yiliga 300 ming tonna metanol ishlab chiqariladi.

“Kompleks 2018 yilda ishga tushiriladi. Biz bunga tayyor turishimiz lozim. Hozirda metanolni boshqa mahsulotga aylantirishning yanada samarali usullarini ishlab chiqmoqdamiz. Istiqbolli usullaridan biri metanolni benzinga aylantirish texnologiyasidir”, - deya qayd etdi agentlik axborot manbasi.

Mazkur yo'nalishda Yaponiyaning Mitsubishi hamda Daniyaning "Xaldor Topse" kompaniyalari boshchiligida konsortsium tashkil etish bo'yicha memorandum imzolandi. Ayni paytda tomonlar “Navoiyazot” bazasida hamkorlikdagi loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini o'rganib chiqmoqda. Uning umumiy qiymati 100 million dollarga baholanmoqda. Mazkur mablag'ning 50 millionini xorijlik sarmoyadorlar taqdim etishi lozim.

“O'zneftmahsulot" qayta-qayta O'zbekistonda benzin taqchilligi mavjud emasligini iddao qilib kelayotganiga qaramasdan, muntazam ravishda poytaxtdagi yoqilg'i quyish shoxobchalarida benzin etishmovchiligi kuzatiladi. Mazkur masala viloyatlarda yanada murakkab bo'lib, noqonuniy yo'llar bilan poytaxtdan benzin tashish holatlari ko'plab uchramoqda.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar