Главная » 2015 » Ноябрь » 25

O'zbekistonda pensiyaga chiqish uchun minimal staj 5 yildan 10 yilga uzaytirilishi mumkin


  • News
  • 25 Ноя 2015(14:26)
  • 715
  • 0
O'zbekistonlik parlamentariylar pensiyaga chiqish uchun minimal stajni 5 yildan 10 yilga uzaytirishni taklif qilmoqda.

Tashabbus mualliflarining fikricha, bu “fuqarolarning o'z pension huquqlarini shakllantirishdan manfaatdorligini oshirishga, respublikada pensiyaning o'rtacha darajasini ko'tarishga, shuningdek, mehnat stajini pensiya hajmi bilan bog'lashga imkon beradi”.

Jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi: 2016 yildan minimal talab 7 yilga, 2017 yildan 9 yilga va 2018 yildan 10 yilga etkaziladi.

Qonunchilarning ta'kidlashicha, bu taklif xalqaro tajriba holatlaridan kelib chiqadi. Xalqaro mehnat tashkiloti konventsiyasiga binoan yosh pensiyasi uchun talab qilinadigan minimal staj 15 yil qilib o'rnatilgan. Ko'pgina davlatlarda, shu jumladan, MDHda ham bu ko'rsatkich ayni paytda 10-15 yilni tashkil qilmoqda.

Statistik ma'lumotlarga qaraganda, respublika fuqarolarining 90 foizi o'rtacha 57-63 yoshda pensiyaga chiqadi. Bunda birinchi ko'rsatkich ayollarga, ikkinchisi esa erkaklarga tegishlidir.

Hozirlikda mamlakatning asosiy moliyaviy hujjati parlamentning yuqori palatasiga kiritilgan. 3 dekabr kuni o'tadigan plenar yig'ilishda u ko'rib chiqiladi. Bunday me'yor joriy qilinish-qilinmasligini yig'ilish yakunlari ko'rsatadi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar