Главная » 2017 » Август » 4

O‘limidan keyin ham yangi filmlarda chiqqan aktyorlar


  • Mirkarimoff
  • 05 Авг 2017(00:13)
  • 1883
  • 0

AdMe taniqli aktyorlarning kino va reklama roliklarida “qayta tirilishi” bilan bog‘liq qiziqarli voqealarni to‘pladi.

Bryus Li (1940—1973)

“O‘lim o‘yinlari” (1978) filmini suratga olish ishlari Bryus Lining vafotidan biroz avvalroq boshlangan. Film yaratuvchilari kartinani chiqarish uchun suratga olib bo‘lingan material yetarli, degan qarorga keldi. U aktyorning o‘limidan 5 yil o‘tib, prokatga chiqdi. Yetishmagan sahnalarda Lining grimdagi dublyorlari qatnashgan. Shuningdek, kadrlardan birida dublyor Bryus Lining kartondan kesib olingan yuzini taqib olganini ko‘rish mumkin.

Oliver Rid, (1938—1999)

“Gladiator” (2000) filmida afsonaviy ustoz Proksimo rolini o‘ynagan Oliver Rid suratga olish ishlari tugashiga 3 hafta qolganida yurak xurujidan ko‘z yumdi. Uni kompyuter grafikasi, dublyorlar va maneken yordamida “qayta tiriltirishdi”.

Marlon Brando (1924—2004)

Marlon Brando 2004-yilda vafot etdi, ammo so‘nggi rolini 2006-yilda — “Supermenning qaytishi” filmida o‘ynadi. Bunda original film uchun suratga olingan materiallar va kompyuter grafikasini ishga solishdi. Marlon Brandoning yuzini kompyuter modeli bilan mujassamlashtirishdi va o‘tgan asrning xomaki syomkalari asosida jonlantirishdi.

Xit Ledjer, (1979—2008)

Hayotidagi so‘nggi film — “Doktor Parnasning tasavvur olami” (2009)ni suratga olish yakunlanmasidan Xit Ledjer fojiali tarzda vafot etdi. Shundan so‘ng jamoa ssenariyga o‘zgartirish kiritib, Ledjerning personajini ming yuzli qahramonga aylantirishdi. “Yuz”larni Jonni Depp, Kolin Farrell va Jud Lou o‘ynadi.

Odri Xepbyorn, (1929—1993)

2013-yilda Galaxy (Dove) shokoladi reklamasida Odri Xepbyorn qiyofasidan foydalanishga qaror qilishdi. Buning uchun aktrisaning o‘g‘illaridan ruxsat olingach, uning dublyorlarini qidirishga kirishishdi. Natijada ikki ayolni topishdi: ulardan birining yuzi, ikkinchisining qomati Xepbyornniki bilan maksimal darajada o‘xshash edi.

Pol Uoker (1973—2013)

YTHda fojiali tarzda halok bo‘lgan Pol Uoker “Forsaj-7” filmining barcha sahnalarida suratga tushishga ulgurmay qoldi. Ammo mualliflar buning yechimini topdi.

Birinchidan, ular franshizaning avvalgi oltita qismi syomkalari arxivini qidirib, Pol Uoker ishtirokidagi foydalanilmagan sahnalarni topdi. Ikkinchidan, aktyorning yuzini chizish uchun kompyuter texnologiyasidan foydalandi. Uchinchidan “Forsaj” oilasiga aktyorning ukalari — Kodi va Kalebni qabul qilishdi.

 

Всего комментариев: 0
avatar