Главная » 2015 » Июль » 9

“O‘ta tezkor” Lamborghini rodsterining ko‘rinishi ma’lum bo‘ldi


  • News
  • 09 Июл 2015(22:36)
  • 381
  • 0
Suratkash Jordan Shiraki o‘z rasmiy saytida Lamborghini Aventador LP 750-4 SuperVeloce (italyanchadan tarjimasi — “o‘ta tezkor”) superkarining rodsteri rasmlarini joylashtirdi.

Taxminlarga ko‘ra, Shiraki yangi Lamborghini uchun fotosessiya uyushtirgan. Suratkash o‘z saytida Audi, Lamborghini va Lexus bilan hamkorlik qilganini yozgan.

Rodsterda ham xuddi kupe singari 750 ot kuchi quvvatini ta’minlovchi V12 dvigateli mavjud. Mashinaning xarakteristikasi hozircha noma’lum. Kupe 2,8 soniyada yuz kilometr tezlikka erishardi. Maksimal tezlik soatiga 350 kilometr bilan cheklangan.

Lamborghini Aventador LP 750-4 SuperVeloce’ning kupesi mart oyida Jenevadagi avtosalonda namoyish etilgandi. Mashina 600 nusxada ishlab chiqarilgan va ularning barchasi sotib yuborilgandi. Rodster esa 500 nusxada chiqariladi.

Manba: Daryo.uz
loading...
Всего комментариев: 0
avatar