Главная » 2015 » Октябрь » 14

O‘zbek shou-biznesida nima gaplar?


  • News
  • 14 Окт 2015(14:22)
  • 860
  • 0
Yulduz Usmonovadan yangi turkcha albom

O‘zbek estradasining primadonnasi Yulduz Usmonova Turkiyadagi muxlislari uchun navbatdagi yangi turkcha “Hayat Bana Ask Borcun Var” nomli albomini chiqardi. Albom o‘nta trekni o‘z ichiga olgan. Albomdan Yashar bilan ijro etilgan “Vur-vur” duet qo‘shiq ham joy olgan. U Turkiyaning barcha musiqa do‘konlarida sotuvga chiqqan.

Shuningdek, xonanda “Toshkent” taronasi uchun klip suratga oldirdi. Syomka ishlari So‘qoq qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi.

Ulug‘bek Rahmatullayevdan yangi tarona

Ulug‘bek Rahmatullayev noyabr oyidagi konsert dasturiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Undan tashqari, xonanda ijod qilishdan to‘xtamay, tez orada muxlislari talabiga binoan “Qaytar dunyo” taronasini premyera qilish arafasida.

Aziza Nizomova nimalar bilan band?

Turkvizyon 2014 musiqiy tanlovining ishtirokchisi Aziza Nizomova ham qizg‘in ijod bilan band. Aziza tez orada Moskva shahriga kastingga yo‘l olishi haqida nashrga xabar qildi, ammo xonanda qanday kastingda ishtirok etishini sir tutdi. Bundan tashqari Aziza studiyada kuniga 4—5 ta qo‘shiq yozadi. Ko‘pgina mashhur xonandalar aynan Azizaning vokalini ma’qul ko‘radi va uning ovozini bek vokalda eshitish mumkin. Ijodkor ko‘pgina xonandalarga she’r va musiqa ham yozib beradi.

Manzuradan yana bir duet qo‘shiq

Xonanda Manzura ham tinim bilmay ijod qilishda davom etmoqda. U Tohir Usmonov bilan duet qo‘shiq ijro etdi va unga klip ham tasvirga oldirdi.

Xonanda Sardor Mamadaliyev va aktyor Akbarxo‘ja Rasulov bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi

2015-yilning 12-oktabr kuni birvarakayiga ikki iste’dod egalari bo‘ydoqlar safini tark etdi. Shu kuni aktyor Akbarxo‘ja Rasulov va xonanda Sardor Mamadaliyevlarning nikoh oqshomlari bo‘lib o‘tdi.
Всего комментариев: 0
avatar