Главная » 2015 » Ноябрь » 7

“O‘zbekfilm” tomonidan 1,6 milliard so‘mga suratga olinayotgan “Oyqiz ertagi” filmi treyleri chiqdi


  • News
  • 07 Ноя 2015(20:02)
  • 791
  • 0
“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida rejissyor Akbar Bekturdiyev tomonidan suratga olinayotgan “Oyqiz ertagi” ertak-filmining dastlabki treyleri internetda paydo bo‘ldi. Treyler ommabop videoxizmatlarda va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.

Qariyb 130 soniyalik treyler jangari sahnalarga boy bo‘lib, unda vatanni yovuz kuchlardan himoya qilish haqida so‘z boradi. Shuningdek, videorolikdan filmdagi bosh qahramon — Oyqiz (Yulduz Rajabova ijro etgan) va aktyor Yigitali Mamajonov o‘rtasida muhabbat rishtalari bo‘lishi anglashiladi.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati ma’lum qilishlaricha, film “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi talablarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ertaklar olamida” ishchi nomi ostida 2014-yilda ishlab chiqarishga tushirilgan bo‘lib, unda qiziqarli afsona va rivoyatlarga asoslangan holda Vatanni sevish, mardlik, halollik singari ezgu g‘oyalar aks ettirilgan.

Film ssenariysi Muhammad Davlatilloh va Akbar Bekturdiyev tomonidan tayyorlangan. “O‘zbekkino” Milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur ertak-filmni suratga olish ishlari uchun davlat byudjetidan 1,6 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan. Film premyerasini Yangi yil bayrami arafasida tashkil etish rejalashtirilgan.
Всего комментариев: 0
avatar