Главная » 2016 » Январь » 24

O‘zbekiston 2019-yilgacha Osiyo taraqqiyot bankining 1,89 mlrd dollar mablag‘ini jalb qiladi


  • voydodaxek
  • 24 Янв 2016(12:57)
  • 355
  • 0

O‘zbekiston hukumati 2016—2018-yillarda Osiyo taraqqiyot bankining 1,89 milliard dollar hajmidagi kredit mablag‘larini jalb etishni rejalashtirmoqda, deb yozadi UzDaily.

 

Bank ma’lumotlariga ko‘ra, mablag‘lar energetika, transport kommunikatsiyalari, xususiy biznesni rivojlantirish va ta’lim, yerning meliorativ holatini yaxshilash, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi sohalardagi loyihalarni amalga oshirish uchun ajratiladi.

Xususan, O‘zbekiston milliy avtomagistral qurilishiga 605 million dollar jalb etmoqchi. Yana 490 million dollar issiqlik elektr stansiyalari modernizatsiyasi, geliostansiyalar qurilishi, shuningdek, gidroenergetika va tarmoqli infratuzilma modernizatsiyasiga yo‘naltiriladi.

Теги: 89 mlrd dollar mablag‘ini jalb qila, O‘zbekiston 2019-yilgacha Osiyo tar

Всего комментариев: 0
avatar