Главная » 2015 » Ноябрь » 15

O‘zbekiston “Bo‘ydoqlar kuni”da Alibaba bilan Webmoney orqali hisob-kitob qilish bo‘yicha birinchi bo‘ldi


  • Admin
  • 15 Ноя 2015(18:46)
  • 579
  • 0
Webmoney tizimi Xitoyda 11-noyabr kuni nishonlanadigan “Bo‘ydoqlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan savdolar chog‘ida AliExpress’da hisob-kitob qilish uchun WMZ-hamyondan foydalanish bo‘yicha MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari statistikasini yuritdi va har bir mamlakatning o‘rtacha xarid chekini hisoblab chiqardi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Webmoney Transfer xalqaro hisob-kitob tizimi faoliyat olib boradigan barcha mamlakatlar bo‘yicha 11-noyabrgi o‘rtacha xarid cheki o‘tgan yilga nisbatan 5 foizga, umumiy aylanma esa 115 foizga oshdi. Ayni vaqtda, har bir mamlakat bo‘yicha ko‘rsatkichlar sezilarli farq qiladi.

Xususan, Rossiyada o‘rtacha xarid qiymati 10,6 dollarni tashkil etdi. Reytingda O‘zbekiston, Estoniya va Turkmaniston yetakchi bo‘ldi — mazkur mamlakatlarning o‘rtacha cheki mos ravishda 18, 17,5 va 17 dollarni tashkil etgan. Reytingni Qirg‘iziston (10,5 dollar), Moldova (9,5 dollar) va Armaniston (8,9 dollar) yakunlagan.

Avvalroq Alibaba “Bo‘ydoqlar kuni”ning dastlabki 10 soatida 8 mlrd dollar ishlab topgani haqida xabar berilgan edi.

Теги: O‘zbekiston “Bo‘ydoqlar kuni”da Ali

Всего комментариев: 0
avatar