Главная » 2016 » Февраль » 26

O‘zbekiston fuqarolari 54 davlatga vizasiz bora oladi


  • News
  • 26 Фев 2016(11:20)
  • 1338
  • 0
Henley & Partners xalqaro kompaniyasi dunyodagi 200 dan ortiq davlatlar va hududlarning viza qonunchiligini o‘rganib chiqib, shuning asosida viza cheklovlari reytingini e’lon qildi.

Reytingda Germaniya yetakchilik qilmoqda: uning fuqarolari qo‘shimcha hujjatlarni rasmiylashtirmasdan 177 davlatda bo‘la oladi. Ikkinchi o‘rinda Shvetsiya (176) bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Finlyandiya, Fransiya, Ispaniya, Italiya va Buyuk Britaniya bir xil natija (175) bilan bo‘lishib oldi.

Reytingga Somali, Pokiston, Iroq va Afg‘oniston yakun yasadi.

O‘rta Osiyo respublikalari ichida eng yaxshi natija Qozog‘istonga tegishli – 71-o‘rin. Qirg‘iziston 79, Tojikiston 84, Turkmaniston 88-o‘ringa qo‘yildi.

Reytingda O‘zbekiston 85-o‘rinni egalladi: uning fuqarolari jahonning 54 davlatiga vizasiz borish huquqiga ega.

Quyida O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz bo‘lgan davlatlar ro‘yxati keltiriladi.

Shimoliy va Lotin Amerikasi:

Dominika – 21 kun;
Barbados – 28 kun;
Antigua va Barbuda – 1 oy;
Sent-Vinsent va Grenadinlar – 1 oy;
Ekvador – 3 oy;
Gaiti – 3 oy;
Quyidagi davlatlarga borgandan keyin viza ochiladi:

Boliviya;
Yamayka;
Nikaragua;
Afrika:

Seyshel orollari – 1 oy;
Namibiya – 2 oy;
Quyidagi davlatlarga borgandan keyin viza ochiladi:

Mali;
Gambiya;
Burundi;
Kabo-Verde;
Komor orollari;
Jibuti;
Gvineya-Bisau;
Keniya;
Madagaskar;
Mavrikiy;
Mozambik;
Togo;
Uganda;
Zambiya;
Yevropa:

Rossiya;
Belarus;
Armaniston;
Gruziya;
Kosovo – 90 kun;
Moldova – 90 kun;
Ukraina – 90 kun;
Okeaniya:

Kuk orollari –1 oy;
Mikroneziya Federativ Shtatlari – 1 oy;
Niue – 1 oy;
Tuvalu – 1 oy;
Samoa – 60 kun;
Quyidagi davlatga borgandan keyin viza ochiladi:

Palau
Osiyo:

Qozog‘iston;
Malayziya – 30 kun;
Turkiya – 30 kun;
Qirg‘iziston – 60 kun;
Ozarbayjon – 90 kun;
Quyidagi davlatlarga borgandan keyin viza ochiladi:

Iordaniya
Kambodja
Laos
Livan
Makao
Maldiv
Nepal
Shri-Lanka
Suriya
Tailand
Timor-Leshti
Ta’kidlab o‘tish lozim, chet elga chiqish uchun vizalar va ro‘yxatdan o‘tish bo‘limining stikeri zarur bo‘lib, u faqat O‘zbekistonda propiska joyiga ko‘ra qo‘yiladi va chet el hududida 2 yil davomida amal qiladi. Stiker muhlatining o‘tishi bilan chet eldagi pasport haqiqiy hisoblanmaydi. Stikersiz faqat Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston (60 kungacha), Moldova va Ukrainaga borish mumkin.
Всего комментариев: 0
avatar