Главная » 2016 » Январь » 27

O‘zbekiston futzal terma jamoasi murabbiylar shtabida xorijlik mutaxassislar ish boshladi


  • voydodaxek
  • 27 Янв 2016(17:06)
  • 384
  • 0

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida xorijlik mutaxassislar ish boshladi. Endi qit’a birinchiligi yakuniga qadar ispaniyalik Arkait Sisniyega Gomes fitness murabbiy, braziliyalik Anholeto Aleksandre esa fizioterapevt sifatida ish olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futzal uyushmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Arkait Sisniyega Gomes 2013-yilda Ispaniyaning “Debabrena” klubida fitness murabbiy sifatida ish olib borgan, 2014-yilda esa “Kustom” klubida biomexanika bo‘yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritgan.

Anholeto Aleksandre 2013—2015-yillarda “Nagoya Oushens” futzal klubida, 2015-yil esa “Chonburi” futzal klubida fizioterapevt lavozimida ishlagan.

Har ikki mutaxassis bilan Osiyo chempionati yakuniga qadar shartnoma tuzilgan, agar O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyada o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritsa, ular bilan tuzilgan shartnoma muddati uzaytiriladi.

O‘zbekiston terma jamoasi 10—21-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida Livan, Qirg‘iziston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan birga “A” guruhida kurash olib boradi. Turnirda dastlabki besh o‘rinni egallagan terma jamoalar shu yili Kolumbiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma oladi.

O‘yinlar Toshkentdagi “O‘zbekiston” hamda “Universal” sport majmualarida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston futzal uyushmasining “Voydoda.Com”ga ma’lum qilishicha, o‘yinlarga kirish bepul.

Теги: O‘zbekiston futzal terma jamoasi mu

Всего комментариев: 0
avatar