Главная » 2015 » Сентябрь » 21

O‘zbekiston keng polosali statsionar internetning kirib borishi bo‘yicha dunyoda 130-o‘rinni egalladi


  • News
  • 21 Сен 2015(22:59)
  • 414
  • 0
O‘zbekiston keng polosali statsionar internetning kirib borishi bo‘yicha 189 mamlakat ichida 130-o‘rinni egalladi. Bu haqda BMT hisobotiga tayanib, UzDaily xabar berdi.

Ushbu hisobot 2015-yil 21-sentabr kuni Nyu-York shahrida BMTning raqamli taraqqiyot uchun keng polosali aloqa bo‘yicha Komissiyasi tomonidan taqdim etildi.

Hujjatga ko‘ra, 2014-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda keng polosali statsionar internetning kirib borishi har 100 kishiga 1,3 abonentni tashkil qiladi. 2013-yilda esa ushbu ko‘rsatkich 1,1 abonentdan iborat bo‘lgan.

Mobil internetning kirib borishi bo‘yicha O‘zbekiston 109-o‘rinni egalladi, bu ko‘rsatkich har 100 kishiga 23,9 abonentni tashkil etmoqda.

Shuningdek, tadqiqot natijalari 2014-yilda internetga ega xo‘jaliklar 10,5%, (2013-yilda 9,5%), ulanish imkoni bo‘lgan jismoniy shaxslar ulushi 43,6 foizga (2013-yilda 38,2%) tengligini ko‘rsatdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston dunyoning 191 mamlakati ichida 93-o‘rinni (2013-yilda 100-o‘rin), 144 ta rivojlanayotgan davlatlar ichida esa 48-o‘rinni (2013-yilda 53-o‘rin) egalladi.

Eslatib o‘tamiz, 2013-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston keng polosali statsionar internetni joriy qilish bo‘yicha 190 mamlakat ichida 128-o‘rinni egallagan edi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar