Главная » 2015 » Октябрь » 2

O‘zbekiston musulmonlari idorasi eng xunuk bid’atlarni sanab o‘tdi


  • News
  • 02 Окт 2015(14:27)
  • 599
  • 0
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy saytida “Bid’atdan saqlanaylik!” sarlavhali maqola chop etildi.

Unda aytilishicha, arab tilidagi “bid’at” so‘zining lug‘aviy ma’nosi “bir narsani yangidan paydo qilish, yangilik kiritish” deganidir. Shar’iy istilohda dinda bo‘lmagan narsani dinga qo‘shish, diniy ishlarda keyinchalik noo‘rin joriy bo‘lgan odatlar “bid’at” deyiladi.

Maqolada eng xunuk bid’atlar o‘nta ekanligi tilga olinadi va ularning ba’zilari keltiriladi. Bulardan: Qur’oni karimni o‘qish, zikr, duo, namoz, tasbeh va boshqa amallarni pulga shartlashib qilish; o‘likni eslash uchun taom tayyorlash va yeyish, qabr ustida sham yoqish, kelin va o‘lik oldida zikr qilish, qabr ustida bino qurish, u binoni bezash va u yerda yotish; nafl namozlarini jamoat bo‘lib o‘qish; namozni ado etishdagi ta’dili arkonni tark etish, qarg‘a tumshug‘ini yerga urganday qilib namoz o‘qish; namozda imomdan oldinga o‘tish va unga qarama-qarshi turish; saflarni tuzatmaslik va boshqalar xunuk bid’atlardandir.

Теги: O‘zbekiston musulmonlari idorasi en

Всего комментариев: 0
avatar